Bahlul Bayramov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bahlul Bayramov
Bəhlul Hüseyn oğlu Bayramov
Tavalludi
Bahlul Huseyn o'g'li Bayramov

1927-yil 15-may
Vafoti 1995 -yil 12-dekabr
Ozarbayjon
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROzarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon
Unvoni
Mukofotlari

Bahlul Huseyn oʻgʻli Bayramov (ozarbayjoncha: Bəhlul Hüseyn oğlu Bayramov; 1927-yil 15-may Marzili qishlogʻi Agdam tumanida tavallud topgan – 1995 -yil 12-dekabrda Mingachevirda vafot etgan) – Sovet Ozarbayjon quruvchisi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1971)[1].

Hayoti va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1927-yil 15-mayda Ozarbayjon SSR Agdam tumani (hozirgi Ozarbayjon Respublikasi Agdam tumani) Marzili qishlogʻida tugʻilgan. Millati ozarbayjon.

1941—1945-yillarda Ozarbayjon SSR Agdam viloyatidagi „Zaxmet“ kolxozida kolxozchi boʻlgan.

1945-yildan Mingachevir GESi quruvchisi, 1952-yildan Mingachevir shahridagi „Azselstroy“ trestining 5-son mexanizatsiya boshqarmasida ekskavator mashinisti. U Mingachevir GESi qurilishiga birinchilardan boʻlib kelgan koʻngilli. 1966-yilda u KPSS aʼzoligiga qabul qilindi[1].

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1971-yil 7-maydagi farmoni bilan Bayramov Baxlul Huseyn oʻgʻli besh yillik reja topshiriqlarini bajarishda qoʻlga kiritgan ajoyib ishlab chiqarish muvaffaqiyatlari uchun Lenin ordeni, „Oʻroq va bolgʻa“ oltin medali hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlanadi[2]. KPSS XXIV qurultoyi delegati (1971)[1].

Mingachevir (Ozarbayjon) shahrida yashagan. 1995-yil 12-dekabrda vafot etgan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lenin ordeni (05.07.1971)

Sotsialistik Mehnat Qahramoni

Oʻroq va bolgʻa oltin medali

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Бајрамов Бәһлул Һүсејн оғлу // Азербайджанская советская энциклопедия  : [10 томах] = Азәрбајҹан Совет Енсиклопедијасы (азерб.) / гл. ред. Дж. Б. Гулиев. — Баку: Кызыл Шярк, 1976. — Т. I. — С. 545. — 80 000 экз.