Kontent qismiga oʻtish

Bahar Şahin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bahar Şahin
Tavalludi
Elif Bahar Şahin

4-may 1997
Fuqaroligi Turkiya
Kasbi aktrisa

Hayoti va ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bahar Şahin 1997-yil 4-mayda Anqarada tugʻilgan. Asli Artvindan boʻlib, 12 yoshida oilasi bilan Istanbulga koʻchib keldi va taʼlim va faoliyatini shu yerda davom ettirdi. Maktabda oʻqib yurgan kezlaridanoq teatr toʻgaragiga qatnay boshlagan Bahar ilk aktrisalik debyutini 2015-yilda "O Hayat Benim" serialidagi roli bilan boshladi. Keyinchalik, "Yol Arkadaşım", „Yol Arkadaşım 2“, va „İyi Oyun“ kabi filmlarda, "Lise Devriyesi", „Servet“ seriallarida suratga tushdi. U 2019-2020-yillar orasida efirga uzatilgan Zalim Istanbul serialida Ceren obrazini oʻynab, mashhurlikka erishdi va eng yaxshi ayol roli uchun Oltin kapalak mukofoti nominatsiyasiga sazovor boʻldi[1][2][3]. 2020-yilda u „Iyi Aile Babasi“ serialida rolini ijro etdi[4][5].

Televizion
Yil Sarlavha Rol Eslatmalar
2014–2017 O Hayat Benim Muge Ataxon Yordamchi rol
2017 Lise Devriyesi Ishil Yilmaz Bosh rol
2017 Kayitdışı Inci Yordamchi rol
2018 yil Servet Ferah Feza Bosh rol
2019–2020 Zalim Istanbul Ceren Yilmaz Karaçay Bosh rol
2022 Gülümse Kaderine Eda Bosh rol
2023 Tetikchinin Oglu Sibel Kayahan Yordamchi rol
Filmlar
Yil Sarlavha Rol Eslatmalar
2017 Oha Diyorum Bahar Bosh rol
Yol Arkadaşim Cemre Yordamchi rol
2018 Yol Arkadaşim 2
İyi Oyun Naz Bosh rol
2023 Roza Jeylan Bosh rol
TBA Hiç
Veb
Yil Sarlavha Rol Eslatmalar
2022 Duran Asli Bosh rol

Mukofotlar va nominatsiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Istiqbolli aktyor – Ikkinchi Xalqaro Izmir kinofestivali (2019)[6]
  • Eng yaxshi aktrisa (nominatsiya qilingan) – 46-Oltin kapalak mukofoti (2020)[7]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]