Bagʻdodi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bagʻdodi – 1) yaxlit taxtalardan yasaladigan eng qadimgi eshik turi. Bu eshik qoʻsh tabaqali boʻlib, tabaqalarining har birida uchtadan dila boʻladi, shundan dilali eshik deb ham ataladi. Dilalar handasiy oʻyma naqshlar bilan bezatiladi. Oʻzbekiston va Tojikistonda mayda taxtachalardan yigʻib tayerlanadigan juftlama eshikdan farqlash uchui B. atamasi qabul qilingan; 2) zaminsiz, uch qirrali handasiy oʻyma shakllar hosil qilish usuli; dilali eshik, sandiq, javon va boshqalarni bezashda koʻllaniladi; 3) kulollikda handasiy (doira, uchburchak, yulduzsimon qir-rali) shakllarni yasashda qoʻllaniladigan uslublardan biri. Bu uslubda ishlangan naqshlar sarnq, qizil, yashil boʻyoqlar bilan bezatilgan lagan, kosa, shokosa va toʻy laganlarida uchraydi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Bagʻdodi" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil