Baffin yeri
Qiyofa
![]() | |
Geografiya | |
---|---|
Maydoni | 507 451 km2 |
Dengiz sathidan balandligi | 2147 m. |
Eng baland nuqtasi | Mount Odin |
Ma'muriyat | |
Davlat | Kanada |
Mintaqa | Nunavut |
Demografiya | |
Aholisi | 13 148 |
Qo'shimcha ma'lumot |
Baffin yeri – Kanada Arktika arxipelagidagi eng yirik orol. Maydoni 476 ming km². Orolda qariyb 3,4 ming kishi yashaydi. Baffin yeri arxey va proterozoy burmalaridan tuzilgan. Shimoliy Amerika qalqonida joylashgan. Sharqiy qirgʻoqlari baland (2591 m gacha); gʻarbiy qirgʻoqlari past. Orolning koʻp qismi yassitogʻ va ayrim togʻlardan iborat. Gʻarbida botqoqlik va koʻl koʻp. Iqlimi sovuq va nam. Qor koʻp yogʻadi. Togʻlarda muzliklar bor. Arktika va togʻ tundralaridan iborat. Oʻsimliklari – yoʻsin, lishaynik, tundra butalari. Hayvonlari – lemming, qutb tulkisi, Arktika quyoni. Asosiy aholi punkti – Ikaluit (avvalgi Frobisher-Bey).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |