Bae Suzy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bae Suzy

Bae Suzy
Tavalludi 1994-yil 10-oktyabr
Janubiy Koreya, Gwangju shahri
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Kasbi Qoʻshiqchi, aktrisa, model
Faoliyat yillari 2010-yildan-hozirgacha
Imzosi

Bae Su Ji (koreyscha: 배수지; 1994-yil 10-oktyabr) - Janubiy Koreyalik qoʻshiqchi, aktrisa va model. Bae Suzy yoki oddiygina Suzy ismi bilan tanilgan. JYP Entertainment qoshidagi „Miss A“ qizlar guruhining aʼzosi boʻlgan. Suzy „Dream High“ (2011) teleserialida aktrisa sifatida debyut qilgan. Undan tashqari „Gu Family Book“(2013), „Uncontrollably Fond“(2016), „While You Were Sleeping“(2017), „Vagabond“(2019), „Start-Up“(2020) va „Anna“(2022) kabi teleseriallarda ishtirok etgan.

Hayoti va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bae Suzy 1994-yil 10-oktyabrda Janubiy Koreyaning Gwangju shahrida tugʻilgan[1]. Uning katta opasi va ukasi bor. Suzy Seoul sahna sanʼati maktabida oʻqigan va u yerni 2013-yilda tamomlagan[2]. Teleseriallarda rol oʻynashidan oldin model boʻlgan[3]. 2009-yilda Suzy Mnet Superstar K nomli talant shouda qatnashgan. Oʻsha paytlarda u JYP Entertainmentning eʼtiborini tortgan va tezda stajyorga aylangan. 2010-yil mart oyida u yangi tashkil etilgan „Miss A“ guruhiga aʼzo boʻlgan. 2010-yil oktyabr oyida Suzy MBC Show uchun doimiy boshlovchi boʻlgan. Minho, Onew, Shinee va Jiyeon bilan birga boshlovchilik qilgan. Bae keyinchalik „Seoul Music Awards“, „Golden Disc Awards“ va „Mnet 20’s Choice Awards“ kabi boshqa tadbirlarga mezbonlik qilgan va u yerda „Hot New Star of 2011“ nominatsiyasida boʻyicha gʻolib boʻlgan. Suzy qoʻshiqchilikdan tashqari aktrisalik bilan ham shugʻullangan. 2011-yil 3-yanvardan 28-fevralgacha KBS telekanalida namoyish etilgan „Dream High“ musiqiy dramasida oʻzining ilk debyutini qilgan. Shuningdek, u „Winter Child“ nomli dramada ham rol ijro etgan. Bu drama tezda muvaffaqiyatga erishgan va ikki oy davomida tomoshabinlar koʻrish reytingda doim yuqori boʻlgan. KBS Drama mukofotlari marosimida Suzy „Best New Actress award“ hamda bosh roldagi Kim Su Hyun bilan „Best Couple award“ mukofotini qoʻlga kiritgan[4].Shu bilan bir qatorda KBS telekanalining „Invincible Youth“ shousida ishtirokchilardan biriga aylangan. Shou oʻzining birinchi epizodini 19-oktabrda suratga olishni boshlagan va 11-noyabrda efirga uzatilgan[5].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Teenagers' Style Icon(2012)
  • Goddess Award(2015)
  • Best Star Award(2016)
  • Asia Star Award, Actress(2017)
  • Actress of the Year(2018)
  • Outstanding Korean Actress(2021)
  • Best Actress(2023)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Russell, Mark. K-Pop Now!: The Korean Music Revolution. Tuttle, April 29, 2014 — 96 bet. ISBN 978-1-4629-1411-1. 
  2. „ko:뭇 남성 사로잡은 첫사랑 아이콘 미쓰에이 수지“ (ko). The Donga Ilbo (2012-yil dekabr). 2012-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 23-mart.
  3. „ko:미쓰에이 수지 데뷔 전 쇼핑몰 모델 활동…사진봤더니“ [miss A's Suzy shopping mall model past photos revealed] (ko). The Donga Ilbo (2010-yil 17-dekabr). 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 23-mart.
  4. „Shin Ha-kyun scores top prize at 2011 KBS Drama Awards“. 10Asia (2012-yil 2-yanvar). 2013-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 13-iyul.
  5. „Complete cast revealed for new season of KBS' "Invincible Youth"“. 10Asia (2011-yil 18-oktyabr). 2017-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-may.