Badriddin Kashmiriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Badriddin Kashmiriy (toʻliq ismi Badriddin ibn Abdussalom ibn Sayyid Ibrohim al-Husayniy alkashmiriy) (16-asr 2-yarmi) – tarixchi, adib, shoir. 1554-yil Kashmirdan Buxoroga kelgan va Joʻybor xojalaridan Xoja Muhammad Islom va uning vorislari Xoja Saʼd va Xoja Tojiddin Hasanning shaxsiy kotibi boʻlgan. B. K. Abdullaxon II ga bagʻishlangan "Zafarnoma" dostoni (1593), koʻplab masnaviy, gʻazallar, shuningdek umumiy tarixning Shayboniyxongacha boʻlgan davrini qamrab olgan "Rasulnoma" asarini yozgan. B. K.ning bizgacha yetib kelgan tarixiy asarlaridan biri "Ravzat arrizvon va hadiqat algʻilmon" ("Rizvon (farishta) bogʻi va gʻilmon boʻstoni") boʻlib, u taxminan 1589–90 yillarda yozilgan. Asar muqaddima, xotima va 7 bobdan (boblar fasllarga ajratilgan) iborat boʻlib, Joʻybor xojalarining hayoti, ularning shayboniy sultonlari bilan olib borgan yozishmalariga bagʻishlangan. Unda Movarounnahrning 16-asr 2-yarmidagi iqtisodiysiyosiy ahvoli, madaniy hayoti, Buxoro xonligining Eron, Shimoliy Hindiston, Qashqar, Xorazm, qozoqlar, qirgʻizlar bilan siyosiy aloqalariga oid koʻplab maʼlumotlarni uchratish mumkin.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil