Badik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Badik – folklor janri. Gul, gulafshon, koʻch-koʻch deb ham yuritiladi. Kishi tanasiga qizilcha, eshak-yem va boshqa toshmalar toshganda, goʻyo ularni "daf etish" uchun badikxon (badik aytuvchi)lar tomonidan ijro etilgan. Turkiy xalqlarda uchraydi. Asosan, badikxon bilan goʻyo bemor tanasiga joylashib olgan "yovuz ruh" oʻrtasidagi keskin kurashni aks ettiradi. B. izchil shaklga ega boʻladi, hajmi turlicha, keskin buyruq ohangi bilan ijro etiladi. B.ning tili va badiiy-ifodaviy xususiyatlari xalq soʻz sanʼati hodisasi sifatida oʻrganiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil