Badiiy akademiyalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Badiiy akademiyalar – nafis sanʼat masalalari bilan shugʻullanadigan ilmiy-ijodiy markazlar (asosan davlat muassasalari), shuningdek oliy (baʼzan xususiy) badiiy oʻquv yurtlariOʻzbekiston hududida qadimda nafis sanʼat ijodkorlarini uyushtirgan turli markazlar boʻlgan. Temuriylardan Husayn Boyqaro davrida (15-asr) Hirotda 40 dan ortiq sanʼatkorlarni uyushtirgan kutubxona keyinchalik mutaxassislar tomonidan "Nigorxonai Bexzod" yoki "Bexzod akademiyasi" deb atalgan.

Yevropada badiiy akademiya dastlab Italiyada antik sanʼat, Uygʻonish davri sanʼatkorlarining uslublarini oʻrganish uchun toʻplangan rassomlarning erkin uyushmasi tarzida maydonga kelgan (16-asr). Birinchi B.A. Parijda (Qirollik B.A., 1648), keyinchalik Vena (1692), Berlin (1694), London (1768)da va boshqa Yevropa davlatlari saroylari qoshida, Rossiyada 1757 yil tashkil etilgan.

Oʻzbekistonda zamonaviy shakldagi B.A. 1997 yil Oʻzbekiston Prezidenta farmoniga binoan tashkil etildi (qarang Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil