Bade Samarqandiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bade samarqandiy (Muhammad Bade ibn Muhammad Sharif Samarqandiy) (1641, Samarqand – ?) – oʻzbek shoiri va adabiyotshunosi. "Maleho" taxallusi bilan sheʼriy asarlar yozgan. Uch yillik sayohat natijasida "Muzokir ul-ashob" ("Suhbatdoshlar zikri", 1692) nomli tazkira yaratgan. Tazkirada 17-asrda Movarounnaxr va Eronda yashagan 203 shoirning ijodi va hayoti hahida maʼlumot beriladi, asarlaridan namunalar keltiriladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Abdullayev I., Hikmatullayev X., Samarqandlik olimlar, T., 1969.