Badboʻylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Badboʻylar, skunslar (Mephitinae) – susarlar kenja oilasiga mansub sut emizuvchilar. Anal bezlari yirtqich hayvonlarni choʻchitadigan juda badboʻy hidli suyuqlik ishlab chiqaradi. 9–11 turi, 3 urugʻi (chipor B.– SpUogale, choʻchqaburun B.– Conepatus, yoʻl-yoʻl B.– Mephitis) maʼlum. Yoʻl-yoʻl B. tanasining uz. 28–38 sm, moʻynasi qalin, yumshoq, qoramtir-qoʻngʻir rangda. Tanasining orqa tomonida boshidan dumigacha keng yoʻli borligi tufayli uzoqdan koʻzga tashlanadi. Xavf tugʻilganda anal bezidan koʻzga taʼsir qiladigan suyuqpik sachratadi. Oʻrmon, choʻl va dasht mintaqalarida yozda yakka-yakka, qishda toʻda boʻlib yashaydi. Shimoliy hududlarida qishki uyquga ketadi. Odatda kechasi faol hayot kechiradi. Oʻsimliklarning mevasi, mayda umurtqali hayvonlar va hasharotlar bilan oziqlanadi. Urgʻochilari uyasida bir yilda bir marta 4–10 ta bola tugʻadi. Bolalari bir yildan soʻng voyaga yetadi. Yoʻl-yoʻl B. qimmatbaho moʻyna beradigan hayvon, maxsus fermalarda koʻpaytiriladi. Chipor B. 2 turni oʻz ichiga oladi, ogʻirligi 1 kg dan oshmaydi. Juni juda yumshoq, qora rangda, yirik oq dogʻlari boʻladi. Dumidagi yunglari uzun, tumshugʻida kalta. AQShning janubiy va Markaziy Amerikada tarqalgan. Choʻchqaburun B. 6–7 turdan iborat. Janubiy Amerikada tarqalgan. Tanasining uz. 30–49 sm, dumi 16– 41 sm, ogʻirligi 2,3–4,5 kg. Juni oq va qora. Oqburun B. (S. leuconotus) tanasi va boshi qora, orqa qismi, dumi va tumshugʻining uchi oq rangli.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Badboʻylar" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil