Badargʻa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Badargʻa – 1) 19–20-asr boshlarida chor Rossiyasida shaxsni sud orqali yoki maʼmuriy tartibda biror shahar yoxud muayyan gubernadan uzoqlashtirish. Bunda oʻsha shaxsga mazkur joydan tashqarida istiqomat qilish joyini tanlash huquqi berilgan yoki bunday huquq berilmagan. B. qilinganlar politsiya nazoratida boʻlgan; 2) jazoning bir turi. Mahkumni uning istiqomat joyidan uzoqlashtirib, muayyan joylarda yashashini man etish. Oʻzbekistonda 18 yoshga toʻlgan shaxslar sodir etgan jinoyat uchun asosiy yoki qushimcha jazo tarzida 1995 yil 1 aprelgacha amalda boʻlgan qonunlarda B. koʻzda tutilgan va 5 yilgacha muddatga qoʻllanilgan. B. qilingan shaxs boʻlishi taʼqiqlangan viloyat, shahar yoki tumanga borgan taqdirda maʼmuriy tartibda jazolanar, bunday qilmishni takrorlasa, bir yarim yilgacha ozodlikdan mahrum etilar edi. B. insonparvarlik ruhiga zid va samarasizligi sababli bekor etilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Badargʻa" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil