Badanga shikast yetkazish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Badanga shikast yetkazish – jabrlanuvchining badaniga qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida jismoniy zarar yetkazib, tanasining anatomik butunligini yoki aʼzolaridan birining fiziologik funksiyasini buzish. Oʻzbekiston Respublikasi JKda Badanga shikast yetkazishye.ning ogʻirlik darajasiga qarab: qasddan badanga ogʻir, oʻrtacha ogʻir, yengil shikast yetkazish, kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan shikast yetkazish (104–109-moddalar) boʻyicha alohida javobgarlik koʻzda tutilgan. Sodir etilayotgan paytda hayot uchun xavfli boʻlgan qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish natijasida koʻrish, soʻzlash, eshitish qobiliyatini yoʻqotish yoxud biron aʼzoning ishdan chiqishi yoki uning faoliyati tamoman yoʻqolishiga, ruhiy kasalga chalinishga yoki umuman sogʻligʻi buzilib, umumiy mehnat qobiliyatining 33% dan kam boʻlmagan qismining doimiy yoʻqolishiga yoxud badanning tuzalmaydigan darajada xunuklashishiga sabab boʻlgan shikast yetkazish qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish sanaladi va aybdor 5 yildan 8 yilgacha muddatga; Badanga shikast yetkazishye. oʻta shafqatsizlik bilan; ommaviy tartibsizliklar jarayonida; taʼmagirlik niyatida; bezorilik oqibatida; millatlararo yoki irqiy adovat zamirida; diniy taassublar zamirida; kishi aʼzolarini kesib olib, boshqa kishiga koʻchirish (transplantat) maqsadida; bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan boʻlsa, 8 yildan 10 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil