Badan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Badan, moʻgʻul choyi (Bergenia cras-sikolia) — toshyorardoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Oʻrta Osiyoda bir necha turi bor. Surxondaryo viloyati togʻlarida V. hissarica turi uchraydi. Gullari chiroyli, qizil yoki binafsha rang . Manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi. Ildizi va poyasida 28% gacha oshlovchi moddalar, arbutin glyukozidi va boʻyoq moddalar bor. Ildizpoyasidan olinadigan ekstrakt stomatit, kolit, enterokolit va ginekologik kasalliklarni davolashda ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil