Babbitlar
Babbitlar – qalayi, qoʻrgʻoshin, pyx yoki alyuminiyga surma, mis, kadmiy, mishyak va boshqa metallar qoʻshib tayyorlanadigan qotishmalar. Qalayli qotishmani birinchi marta (1839) tayyorlagan amerika muhandisi I. Babbit (1799– 1862) sharafiga shunday atalgan. Ishqalanish koeffitsiyenti kichik, yaʼni ishqalanganda uncha yoyilmaydi. Mashinalarning ishqalanuvchi detallari hamda elektr dvigatellar, turbinalar, kompressorlar, nasoslar, generatorlar va stanoklarning podshipniklarini tayyorlash uchun ishlatiladi. Detallar yoki podshipniklarning qayerda ishlatilishiga qarab, B.ning turli xillari qoʻllaniladi. Mas: yuqori temperaturali sharoitda ishlovchi podshipniklar uchun qoʻrgʻoshinli B. ishlatiladi va hokazo.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |