Baader-Meinhof fenomeni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Baader-Meinhof fenomeni yoki doimiylik moyilligi kognitiv moyillik boʻlib, biror narsani birinchi marta payqagandan soʻng, uni tez-tez yana payqab turgandek boʻlish bilan xarakterlanadi[1][2][3]. Bu biror narsa haqida xabardorlikning kuchayishi oʻsha narsaning keyin goʻyoki tez-tez nazarga tushib turishidek illuziyani yaratadi[4]. Aniqrogʻi, fenomen „siz hozirgina bilib olgan tushuncha yoki narsa toʻsatdan hamma joyda paydo boʻladigandek“ namoyon boʻladi[5].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Baader-Meinhof fenomeni“ nomi Baader-Meinhof guruhi eslatib oʻtilgan doimiylik illuziyasining maʼlum bir misolidan olingan[6]. Buni 1994-yilda bir gazeta stuniga yozgan maktubda Baader-Meinhof guruhi haqida birinchi marta eshitganini va koʻp oʻtmay tasodifan boshqa bir manbada koʻrganini eslatib oʻtgan Terry Mullen ismli odam payqab qolganini bildirgan. Hikoya nashr etilgandan soʻng, turli oʻquvchilar oʻzlarining shunga oʻxshash voqealar haqidagi tajribalari haqida batafsil maktublar yuborishdi va natijada „Baader-Meinhof fenomeni“ nomi paydo boʻldi[5].

„Doimiylik illuziyasi“ (inglizcha: frequency illusion) atamasi 2005-yilda Stanford universiteti va Ogayo shtati universiteti tilshunoslik professori Arnold Zwicky tomonidan kiritilgan. Arnold Zwicky bu illuziyani ikkita kognitiv moyillikni oʻz ichiga olgan jarayon deb hisobladi: diqqatni tanlab olish (biz uchun muhim boʻlgan narsalarni payqash va qolganlarini eʼtiborsiz qoldirish), soʻngra tasdiqlash tarafkashligi (potensial qarama-qarshi dalillarni eʼtiborsiz qoldirmasdan bizning farazlarimizni qoʻllab-quvvatlaydigan narsalarni izlash)[7]. Moyillik asosan zararsiz deb hisoblanadi, ammo shizofreniya bilan ogʻrigan bemorlarda simptomlarning yomonlashishiga olib kelishi mumkin.[4] Doimiylik illuziyasi qonuniy taʼsirga ham ega boʻlishi mumkin, chunki guvohlarning hikoyalari va xotirasi bu illuziyadan oʻzgarishi mumkin[4].

Oliver Sacksning taʼkidlashicha, u Tourette sindromi bilan ogʻrigan koʻplab odamlarni bu atama bilan birinchi marta tanishganidan keyingina seza boshlagan. 

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Zwicky. „Just Between Dr. Language and I“. Language Log (2005-yil 7-avgust).
  2. „The Baader-Meinhof Phenomenon“ (en-US). Damn Interesting. Qaraldi: 2020-yil 16-fevral.
  3. „What's the Baader-Meinhof phenomenon?“. howstuffworks.com (2015-yil 20-mart). Qaraldi: 2018-yil 15-aprel.
  4. 4,0 4,1 4,2 „Understanding the Baader-Meinhof Phenomenon“ (en). Healthline (2019-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 22-dekabr.
  5. 5,0 5,1 Staff. „There's a Name for That: The Baader-Meinhof Phenomenon“ (en). Pacific Standard. Qaraldi: 2020-yil 22-dekabr.
  6. „The Baader-Meinhof Phenomenon? Or: The Joy Of Juxtaposition?“. twincities.com. St. Paul Pioneer Press (2007-yil 23-fevral). — „As you might guess, the phenomenon is named after an incident in which I was talking to a friend about the Baader-Meinhof gang (and this was many years after they were in the news). The next day, my friend phoned me and referred me to an article in that day’s newspaper in which the Baader-Meinhof gang was mentioned.“. Qaraldi: 2020-yil 20-oktyabr.
  7. Zwicky. „Why are we so illuded?“ (2006-yil sentyabr).