Baʼl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Baʼl

Baʼl (arabcha: بعل) qadimgi Suriya, Finikiya xalqlarining oltindan yaslgan buti. Baʼlni Urush hudosi, Osmon hudosi, Quyosh hudosi va boshqa nomlar bilan atashgan. Qur`oni Karimda Baʼl haqida Saffot surasida bayon qilingan.

123. Ilyos ham shak-shubhasiz payg‘ambarlardandir.

124. Eslang, u o‘z qavmiga degan edi: „(Allohdan) qo‘rqmaysizlarmi?!“

125-126. Sizlar Baʼlga sig‘inib, sizlarning ham, avvalgi ota bobolaringizning ham Parvardigorini — eng go‘zal-afzal Yaratguvchi Allohni tark qilurmisizlar?!" 127. Bas (qavmi Ilyosni) yolg‘onchi qildilar. Endi albatta ular (do‘zax azobiga) hozir qilinguvchidirlar.

128. Magar Allohning pokiza bandalarigina (azobga duchor bo‘lmaslar).

129. Biz keyingi (avlod)lar orasida (Ilyos) haqida (go‘zal maqtovlar-olqishlar) qoldirdik.

130. Ilyosga salom bo‘lgay.

131. Albatta, chiroyli amal qilguvchilarni mana shunday mukofotlarmiz.

132. Albatta, u Bizning mo‘min bandalarimizdandir.