B. B. King
Riley Benjamin King (16-sentabr, 1925-yil — 14-may, 2015-yil) — B. B. King taxallusi sifatida nom taratgan, amerikalik qoʻshiqchi, bastakor, gitarachi va ovoz yozuvchi. King koʻpchilik blyuz elektrik gitara sozandalariga taʼsir koʻrsatgan, flyuid tor bukish, shimmering vibrato va staccato pikingga asoslangan soloning murakkab stilini tanishtirdi. AllMusic Kingni „20-asr ikkinchi yarmining yagona eng muhim elektrik gitarachisi“ deb tan olgan.
King 1987-yilda Rock va Roll mashhurlar zaliga kiritildi va blyuz yoʻnalishiga eng koʻp hissa qoʻshib „Blyuz Qiroli“ laqabini olgan. Va, u „Uch Blyuz Gitara Qirollari“dan biri sanaladi (Alber King va Freddi Kinglar bilan bir qatorda, taʼkidlash joizki, ularning hech biri qarindosh emaslar). King umri davomida tinimsiz ijodda boʻldi, oʻrtacha yiliga 200 dan ortiq konsertlarda ishtirok etdi. 1956-yilning oʻzida u 342 ta shouga qatnashdi.
King Mississippi shtatining Itta Bena shahridagi paxta plantatsiyasida tugʻilgan va keyinchalik Missipi shtatidagi, Indianola shahridagi paxta tozalash zavodiga ishlagan. U musiqa va gitaraga cherkovdaligida mehr qoʻygan va ijodini mahalliy radioda boshlagan. Soʻngra u Tennesi shtatining Memfis shahrida yashagan va Chikagoga koʻchgan. U mashhur boʻlishni boshlagach dunyo boʻylab gastrollar uyushtirdi. King AQShning Nevada shtatidagi Las Vegas shahrida 89 yoshida, 14-may 2015-yilda olamdan oʻtdi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda B. B. King haqida turkum mavjud |