Azov floti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Azov floti – Rossiyada 1695 yilning oxirlarida Qrim xonligi va Tur-kiyaning Qora dengiz bo‘ylaridagi yerlarini bosib olish uchun tashkil qilingan. Flot kurishda asosiy markaz qilib Vo-ronej shahri tanlandi. Harbiy kemalarning birinchi yurishi 1696 yilning 3 mayida Voronejdan boshlandi. Azov shahrini ishg‘ol qilishda Azov floti hal qiluvchi rol o‘ynadi. Taganrog Azov floti bazasi bo‘lib qoldi. Ad-miralteystvo Azov sohilidagi Tavrovga ko‘chirildi. 1696– 1711 yillarda 215 kema qurildi. Prut yurishi (1711)dan keyin turklar Azovni yana qaytarib oldilar. Azov floti tor-mor qilindi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil