Azotlash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Azotlash – kimyoviy-issiqlik ish-lovi berish usullaridan biri. A. poʻlat, titan, ba’zi qotishmalardan tayyorlangan detallarning sirtqi qatlamini azotga toʻyintirishdan iborat. Detalning azotga toʻyintirilgan sirtqi qatlami juda qattiq, yeyilishga va zanglashga chidamli boʻlib qoladi. Yuqori temperaturalar ta’sirida boʻladigan va ishqalanuvchi detallar, dvi-gatel klapanlari, tishli gʻildiraklar va boshqa detallarning ish sirti azotlanadi. Detallarga uzil-kesil issiqlik ishlovi berilib va silliqlanib, zarur oʻlchamga keltirilganidan keyingina A. amalga oshiriladi. Poʻlat detallarning sirtqi qatlami ammiak oqimida 500–600° temperaturada azotlanadi. Buning uchun detal ogʻzi zich berkitiladigan mufel pech-ta joylanadi. Mufelga ammiak (NH3) yuboriladi, ammiak azot bilan vodorodga parchalanadi. Azot atomlari detalning sirtqi qatlamiga diffuziyalanadi. Azot temir bilan reaksiyaga kirishib, qattiq ni-tridlar hosil qiladi, natijada detalning azotlangan sirtqi qatlami qattiq boʻlib qoladi. Titan qotishmalarni A. 850–950° temperaturada oʻta toza azot muhitida amalga oshiriladi. Ad.:Toʻraxonov A. S, Metallshunoslik va termik ishlash, T., 1968.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil