Azot oksidlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Azot oksidlari – azotning kislorod bilan hosil qilgan birikmalari. Azot oksidlari azot va kislorod molekulalarining birikishidan hosil boʻlib, reaksiya issiqlik yutilishi bilan boradi. Ba’zilari termodinamik jihatdan beqaror. Azotning quyidagi oksid N2O, azot (I)-oksid NO, azot (3)-oksid N2O3, azot (GU)-oksid NO2, azot qoʻsh oksid N2O4 va azot (V)-oksid N2O5. Azot (1)-oksid N2O – rangsiz, xushboʻy shirinroq gaz, suvda oz miqdorda eriydi; kislota, ishqor va suv bilan birikmalar hosil qilmaydi; yuqori (900°) temperaturada azot bilan kislorodga ajra-ladi, havo bilan aralashmasi tibbiyotda narkoz sifatida ishlatiladi. Azot (N)-oksid NO – rangsiz gaz, suvda kam eriy-di, havodagi kislorod bilan oksidlanib, azot (IV)-oksidga aylanadi; birikish reaksiyalariga kirishadi; nitrat kis-lota ishlab chiqarishda asosiy oraliq mahsulot hisoblanadi. Azot (P)-oksid ammiakni katalitik oksidlash yoki azot bilan kislorod aralashmasini Volta yoyidan oʻtkazish orqali olinadi. Azot (1P)-oksid N2O3 – qoʻngʻir tusli gaz, kon-densatlanganida koʻk tusli suyuqlikka aylanadi; suv bilan birikib, nitrit kis-lota (HNO2) hosil qiladi. Azot (II)- va (1U)-oksidlar aralashmasini sovitish natijasida hosil boʻla-di; beqaror modda. Azot (IV)-oksid NO2 – qoʻngʻir rangli gaz, suv bilan birikib, nitrat kislota (HNO3) va nitrit kislota hosil qiladi. U kuchli oksidlovchi, raketaning suyuq yonilgʻisini oksidlash, organik moddalarni nitrolash uchun ishlatiladi. Azot qoʻsh oksid N2O4 va azot (U)-oksid N2O5 – rangsiz kristall modda. Amalda deyarli ishlatilmaydi. Azot oksidlari fiziologik faol moddalardir.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil