Kontent qismiga oʻtish

Azola

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Azola (Azolla) – qirqquloqdoshlar oilasiga mansub, suvda oʻsadigan, sporali koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. Suv ostida yon ildizlari, suv ustida qalin bargchalari boʻladi. Azolaning 6 ta turi bor. Qazilma turlarining soni 50 ga yaqin. Azolaning ba’zilari hozirgi Janubiy Amerika, Afrika, Janubi-Sharqiy Osiyo va Avstraliyaning tropik joylarida keng tarqalgan. Azolaning qazilma qoldiqlari (sporasi, bargining izlari va megaspo-rasi) boʻr davridan pleystotsen davrigacha boʻlgan qatlamlarda uchraydi. Masalan, ular Gʻarbiy Qozogʻistonda boʻr, Hindistonda eotsen, Ustyurt va Qozogʻistonda oligotsen davrlariga mansub qatlamlardan topilgan. Azola turlari azotga ega boʻlganligi tufayli undan tuproqning unumdorligini oshirishda foydalaniladi[1].Azolla asosan tropik mamlakatlarning chuchuk suv havzalarida uchraydi va vatani Veytnam hisoblanadi.Biroq A.N Krishtofovichning shoxidlik berishicha,azolla qadim vaqtlarda O'rta Osiyoda ham keng tarqalgan bo'lib,uning qoldiqlari Ustyurtda ham (oligochen) topilgan.Azolla - Anabena tuzilishiga ko'ra ikki o'simlik:qirqquloq -azolla hamda uning tanasida joylashgan ko'k- yashil suvo'ti Anabena dan iborat xamjixat (simbioz) organizmdir (Lumpkin,Plucknett,1982).

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil