Azoksibirikmalar
Qiyofa
Azoksibirikmalar – sariq kristall moddalar. Tarkibida azoksiguruh boʻlgan organik birikmalar; spirtda, efirda yaxshi eriydi, suvda eri-maydi. A.ning rangi ularning tarkibida azoksiguruh borligidandir. Elektro-litik usulda qaytarilsa, azobirikmalarga, konsentrlangan sulfat kislota ta’sirida esa oksiazobenzollarga ayla-nadi. Sanoatda A. nitrozobirikmalarga arilgidroksilaminlar ta’sir ettirib olinadi. Azobenzol va benzin olish uchun ishlatiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |