Azob al-Qabr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Azob al-Qabr (sinonimi azob al-barzox; „qabr jazosi“) — sinov, qabrdagi jazo, inson o‘lgan zahoti bo‘ladigan kichik sud. Shunga ko‘ra, qabr jannat yoki do‘zaxga kirishdan oldingi o‘tloq (yaylov)dir va unda dastlabki sud sodir etilib, bandaning qilgan amallariga yarasha dastlabki hukm belgilanadi. Ikki farishta — Munkar va Nakir bandaning islomga bo‘lgan munosabati haqida savol-javob qiladilar. Mo‘minlarni to qiyomat kuniga qadar qabrda tinch-osoyishta, orom olib yotishi uchun qoldiradilar. Gunohkorlarni og‘ir yuk (bosim) bilan qiynaydilar, dinsizlarni farishtalar bundan tashqari yana Alloh taoloning xohishiga qarab, baʼzan qiyomatgacha betinim suratda uradilar.