Kontent qismiga oʻtish

Azkamar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Azkamar – Ziyovuddin togʻlarining janubi-gʻarbiy qismidagi plato. Shimolida Malik choʻli (Qiziltepa platosi), janubida Qarnob choʻli bilan tutashgan. Mutlaq balandligi 300–350 m. A. neogenning oqchagil va ap-sheron yaruslari (kosontov, sadivar svi-talari)ning alevrolit, gil va ular ora-sidagi qumtosh va gravelitlardan (1–3 m) tashkil topgan. A.ning yuzasi quyi toʻrtlamchi davrning allyuvial-prolyu-vial jinslari (Azkamar majmuasi)dan tuzilgan. A.ning shimoliy yon bagʻri qiyaroq, janubiy esa tik, suvayirgʻich qismida egarsi-mon botiq boʻlib, yon bagʻirlarida kuesta-simon shaklda jarliklar hosil boʻlgan. A.ning sharqiy qismi – Ziyovuddin togʻlariga tutashgan joy relefi juda oʻydim-chuqur. A.da shoʻrtob boʻz qoʻngʻir tuproqlar tarqalgan, oqjusan oʻsadi. A. yaylovlarida qorakoʻl qoʻylari boqiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil