Azizxon Poʻlatovich Qayumov
Azizxon Poʻlatovich Qayumov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 19-iyun 1926-yil |
Vafoti |
16-fevral 2018-yil (91 yoshda) |
Mukofotlari |
![]() ![]() |
Azizxon Poʻlatovich Qayumov (1926.19.16, Qoʻqon — 16.02.2018) — adabiyotshunos, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1995).
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1983), filol. fanlari doktori (1961). P. Qayyumovning oʻgʻli. Oʻrta Osiyo davlat universitetining sharq fakultetini tugatgan (1949). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida ilmiy xodim (1949—57), OʻzSSR Ministrlar Sovetida fan va oliy oʻquv yurtlari boʻyicha katta referent (1957— 58), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti direktori (1958—61). Oʻzbekiston KP MK fan, oliy oʻquv yurtlari va maktablar boʻlimi, soʻng fan va madaniyat boʻlimi mudiri (1961—63). Oʻzbekiston Madaniyat vaziri, vazirning birinchi oʻrinbosari (1963—64), OʻzSSR Ministrlar Soveti huzuridagi Kinematografiya davlat komiteti raisi (1964—74), Toshkent madaniyat instituti rektori (1974—79), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Qoʻlyozmalar instituti direktori (1979— 98), Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyida yetakchi ilmiy xodim (1998-yildan).
Asosiy ilmiy ishlari Qoʻqon adabiy muhiti mavzuida. "Maxmur" (1956), "Hoziq" (1957), "Gʻoziy" (1959), "Saddi Iskandariy" (1975), "Alisher Navoiy" (1976, 1991), "Hayrat ulabror" (1977), "Farhod va Shirin" sirlari" (1979), "Nodir sahifalar" (1991), "Bu ohang ila boʻlgʻaysen Naqshband" (1993) kabi asarlari Apisher Navoiy hayoti va ijodiy merosini oʻrganishda muhim hissa boʻlgan. Q mashnshunoslik sohasida ham samarali ish olib borib, bir qancha oʻzbek mumtoz shoirlarining asarlarini nashrga tayyorlagan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1980). "Shuhrat" medali (1996), "Elyurt hurmati" ordeni (2003) bilan taqdirlangan.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ * Nazm va tafakkur quyoshi, T., 1992; Sheʼriyat jilolari, T., 1996; Jemchujina mudrosti i taynm semi morey (B. Hasanov bilan hamkorlikda), T., 2000; Akademik Gʻafur Gʻulom, T., 2002; Akademik Vohid Zohidov, T., 2004; Akademik Oybek, T., 2005.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |
- 19-iyunda tugʻilganlar
- 1926-yilda tugʻilganlar
- 16-fevralda vafot etganlar
- 2018-yilda vafot etganlar
- El-yurt hurmati ordeni sohiblari
- Buyuk xizmatlari uchun ordeni sohiblari
- Beruniy nomidagi davlat mukofoti laureatlari
- Kishilar
- Olimlar haqidagi chala maqolalar
- Adabiyotshunoslar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari
- Olimlar
- Turkologlar
- Oʻzbekshunoslar