Azidlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Azidlar – kimyoviy birikmalar, tarkibida bir yoki bir necha – N3 guruhi bo‘lgan azid kislota hosilalari. Anorganik A.ga azid kislota tuzlari [mas, natriy azid NaN3, qo‘rg‘oshin azid Pb(N3)2], galogenazidlar (mas, xlor-azid C1N3) va boshqa kiradi. Ko‘pchilik anorganik A. yengil zarblanish yoki ishqalanish na-tijasida nam holda bo‘lishiga qaramay portlash xossasiga ega (mas, qo‘rg‘oshin azid portlash xossasini kuchaytiruvchi modda sifatida qo‘llaniladi). Azid kis-lota va uning boshqa tuzlarini olishda odatda suyuqlantirilgan natriy amid orqali azot (1)-oksid o‘tkazish yo‘li bilan olinadigan natriy azid xom ashyo bo‘lib xizmat qiladi. Barcha organik A., alkil va aril (umumiy formulasi RN3) yoki atsil ma’lum darajada portlovchi mod-dalar xossasiga ega. Nitroguanilazid HNqC(NHNO2)N3 organik A.ga misol bo‘la oladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil