Azayimxonlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Azayimxonlik – duo o‘qish, dam solish, sehr-afsun yo‘li bilan tabiblik qilish. Ibtidoiy sehrgarlikning bir ko‘rinishi. Ilk jamiyatning urug‘chilik bosqichida ayrim shaxslar odamlarni od-diy usul (dorivor giyoh, qon olish va boshqalar) bilan davolagan. Lekin ularning ba’zilari bemorni davolash jarayonida, go‘yo kasal "sababchisi" bo‘lgan "yomon ruhlar"ni har xil xatti-harakatlar (avrash, duo o‘qish, sehrlash, afso‘ngarlik) bilan "haydab chiqara olishlariga" odamlarni ishon-tirgan. Jahonning ko‘pgina xalqlarida keng tarqalgan. A. bilan shug‘ullangan shax-slar azayimxon, duoxon, baxshi va hokazo deb ataladi. Azayimxondan xalq tabi-blarini farqlash lozim.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil