Ayub Qodirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ayub Qodirov (1918.10.5, Buxoro — 1981, Toshkent) — sozanda (nay), Oʻzbekiston xalq artisti (1970). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1956). Oʻzbek davlat filarmoniyasida xalq cholgʻu orkestri (1936-38, 1950-56, 196874), Tamaraxonim ansambli (1938—46) d; sozanda, "Shodlik" ansamblida musiqa rahbari (1956-57, 1966-68), Toshkent musiqa bilim yurtida pedagog (1978-yildan). Ijro uslubi mukammal texnikasi, asar mazmunini chuqur his qilishi, nay ifoda vositalaridan keng foydalanishi, ijro erkinligi bilan ajralib turadi. Repertuaridan "Fargʻonacha", "Subhidam", "Choʻli iroq", "Chaman yalla", "Segoh", "Qaytarma", "Tong oromi", "Chorgoh" kabi xalq va mumtoz kuylar oʻrin olgan. Osiyo va Yevropa mamlakatlarida gastrolda boʻlgan.[1]

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Olimboyeva K. va boshqa, Oʻzbekiston xalqsozandalari, 2-kitob, T., 1974.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil