Ayribobo choʻqqisi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ayribobo cho‘qqisidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search


Ayribobo cho‘qqisi – Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatidagi Ko‘hitangtov tizmasining suvayirg‘ich qismidagi cho‘qqi. O‘zbekiston bilan Turkmaniston chegarasida. Balandligi 3139 m. Ayribobo choʻqqisi Ko‘hitangtovning eng baland joyi. Ayribobo choʻqqisining aksari qismini nurashga chidamli argillit va alevrolitlar hamda qumtoshlar tashkil etgan. Cho‘qqi nayzasimon shaklda. Ayribobo choʻqqisi Ko‘hitangtov-Surxon qo‘riqxonasi hududiga kiritilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil