Ayollar ansambllari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

AYOLLAR (AN’ANAVIY) ANSAM-BLLARI – xotin-qizlardan tashkil topgan ashula-raqs yoki ashula-cholg‘u an-sambllar; qadimdan o‘zbek milliy musiqa ijrochiligi rivoji jarayonida yuzaga kelgan. Odatda 3–4 ayol xonanda, sozanda va raqqosalarni birlashtiradi. Repertu-ari o‘zbek xalqi musiqa merosining boy an’analari va xususan mahalliy musiqiy uslub (sheva)larga tayangan. Bunday an-sambllar turli vohalarga xos ijrochilar 202– yallachi (Farg‘ona vodiysi), sozanda (Buxoro), xalfa (Xorazm) va hokazo nomlar bilan ham yuritilgan. A. (a.) a. odatda tuy va boshqa marosimlar, turli xil sayillarda o‘z qo‘shiq-raqslarini omma o‘rtasida ijro etib kelgan. O‘zbekistonda ayollarning professional va havaskorlik tarzidagi zamonaviy ansambllardan tashqari, davlat professional (dutorchi qizlar, garmoniy qizlar va boshqalar), havaskor folklor ("Yor-yor" – Namangan, "Noza-nin"–Buxoro, "Gulyor"– Toshkent vilo-yati, "Quvasoy yor-yori", "Onaxonlar"– Farg‘ona, "Omon yor"–Qo‘qon va boshqalar) an-sambllari mavjud.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil