Ayniylik prinsipi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ayniylik prinsipi – kvant mexanikannng asosiy qonuni. Ayniylik prinsipi ga muvofiq bir xil zarralarni bir-biridan farq qilish mumkin emas. Klassik mexanikada fizik xossalari (massasi, zaryadi va hokazo) ayniy (bir xil) bo‘lgan zarralar o‘z xususiyatini yo‘qotmaydi. Mas, mazkur fizik tizimga kirgan zarralarni biror boshlang‘ich vaqtda "raqamlab" va ularning o‘z tra-yektoriyasi bo‘ylab harakatini kuzata borib, keyingi istalgan vaqnda qayerda bo‘lishini aniqlash mumkin. Kvant mexa-nikaning aniqsizlik prinsipiga asosan zarra (mas, elektron)ning trayektoriyasi degan tushuncha o‘z ma’nosini yo‘qotadi. Ammo bu yerda zarrani topish ehgimoli ko‘zda tutiladi, binobarin, kvant mexa-nikada zarralarni "raqamlariga qarab" bir-biridan farq qilish, aynan bir xil zarralar harakatini alohida-alohida kuzatish mumkin emas. Fizik xossalari bir xil bo‘lgan zarralar bir-biridan farqsizdir. Ayniylik prinsipi kvant mexanikaning mu-staqil prinsipidir. Bir xil zar-ralardan tashkil topgan tizimlarning kvant nazariyasida Ayniylik prinsipi ni kuyidagicha ta’riflash mumkin: ayniy zarralarning o‘rin almashinishi natijasida zarralar tizimining ichki o‘zgarish holatini hech qanday tajriba yordamida farq qilib bo‘lmaydi va bunday holatni bitta fizik holat deb qaraladi. Ayniylik prinsipi Fermi – Di-rak statistikasiga bo‘ysunuvchi zarralar uchun Pauli prinsipo‘ shaklida tavsif-lanadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil