Ayniy surilmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ayniy surilmasi – 1964 yil 24 aprel Toshkent vaqti bilan soat 13 dan 30 min. o‘tganda Zarafshon daryosining yuqori oqimida, Tojikistondagi Ayniy (sobiq Zahmatobod) qishlog‘idan 1 km yuqorida (Samarqand shahridan 140 km sharqda) tog‘ jinslarining surilishi natijasida vujudga kelgan tabiiy to‘g‘on. To‘g‘onning balandligi 130–150 m, uz. 750 m, eni 1000 m. To‘g‘on maydalangan slanes, qumtosh, ohaktoshlar, harsang toshlar, qumoq va loy aralashmasidan iborat bo‘lgan. Za-rafshon daryosida bunday katta tabiiy to‘g‘onlar avvallari ham bo‘lib turgan. Chunonchi, 1888 yil yanvar oyi o‘rtalarida hozirgi Ayniydan 8 km yuqoridagi Sangiston qishlog‘i ro‘parasida Zarafshon daryosi to‘g‘on bilan to‘silgan. To‘g‘onni ochish uchun qariyb 1000 kishi 2 oydan ko‘p urinib suvga kichkina yo‘l ochish-gan. Birok uz. 15–20 km keladigan ko‘l suvi to‘g‘onni urib, daryo bo‘yidagi ko‘p qishloqlarni yuvib ketgan. Bundan tashqari, Ayniy tabiiy to‘g‘oni bo‘lgan joyda va undan 20–25 km yuqorida (Za-rafshon daryosi bo‘yida) surilish izlari saqlanib qolgan. Ayniy to‘g‘onining pay-do bo‘lishiga quyidagilar sabab bo‘lgan: yomg‘ir va qor suvlari bir necha yillar tog‘ jinslari orasiga singib kelgan, na-tijada bo‘sh jinslar o‘z tagidagi qattiq jinslardan ajrala boshlagan. 1964 yil aprelda boshqa yillardagi o‘rtacha 50 mm o‘rniga uch martadan ham ortiqroq yog‘in tushdi. Bu ham surilma qodisasini tez-lashtirdi. Qulagan yon bag‘irning yuqori qismidagi buloq suvlari ham suril-ma sodir bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Ay-niy qishlog‘idagi surilma nishonlari 1961 yildayoq sezilaboshlagan edi. 1961 yil bahorida Zarafshon o‘zanidan 700–750 m balandligida yoriq paydo bo‘lib, asta-se-kin kengaya borgan. 1964 yil 24 aprel kuni Samarqand seysmik stansiyasi Toshkent vaqti bilan soat 13 dan 15 min. o‘tganda 4 balli zilzila bo‘lganligini qayd qilgan. To‘g‘on hosil bo‘lgandan so‘ng Zarafshon irmoqlari – Fondaryo bilan Mastchoxdaryo suvi butunlay to‘silib, hosil bo‘lgan ko‘l suvi sathi kuniga 3–5 m dan ko‘tarila borgan. Zudlik bilan to‘g‘on ochib yuboril-masa, to‘g‘onni suv urib ko‘p yerlarni suv bosib ketish xavfi tug‘ildi. Xavfni bar-taraf etish maqsadida to‘g‘onning shimoliy qismida daryoning qadimgi terrasasi bo‘ylab 243to‘g‘onni qirqib kanal ochishga kirishildi. Kanal Zarafshon daryosining o‘ng qirg‘og‘idan boshlandi. Ayniy ko‘li suvini asta-sekinlik bilan oqizib yuborish eng zarur shartlardan biri edi. 6 may kuni tayyor bo‘lgan kanaldan dastlab 2 m³/sek., 9 mayga borib 800 m3 sek. suv tusha bosh-ladi. 8 mayda ko‘l sathi eng yuqori dara-jaga ko‘tarildi (chuq. 72 m, suv hajmi 90 mln. m3). Kanal yuvilish natijasida eni 100–160 m ga yetdi. Ko‘ldagi suv hajmi qariyb 4 marta kamaydi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil