Aynigan gaz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aynigan gaz – zarralarning o‘zaro kvant-mexanik ta’siri tufayli xossalari ideal gaz xossalaridan farq 241qiladigan gaz. Kvant mexanikada bir xil energiyali zarralarning har xil kvant holatda bo‘lishiga aynigan holat deyiladi. Shuning uchun kvant mexanika nuqtai nazaridan qaralgan gaz zarralari xossalari ideal gaz zarralarining xususiyatlaridan keskin farq qiladi. Kvant statistikada tizimning bu xos-salari hisobga olinadi, bu esa ideal gazning turli holatlari o‘zaro bog‘liq bo‘lishini bildiradi, nati-jada zar-ralarning mumkin bo‘lgan holatlari bo‘yicha taqsimlanishi ham har xil kvant statistikaga bo‘ysunadi. Mas, butun son spinli zarralar (geliy atomi, fotonlar) Boze– Eynshteyn statistikasita, yarim son spinli zarralar (elektronlar, pro-tonlar va hokazo) Fermi statistikasita bo‘ysunadi. A.g .ning termodinamik xa-rakteristikalari ham ideal gaznikidan boshqacha bo‘ladi. Ammo bu tafovutlar ay-nish temperaturasi To dan yetarlicha past temperaturada namoyon bo‘ladi. Mas, geliy uchun aynish temperaturasi T0 4°K. Aynish hodisasi metallardagi elektron gazni o‘rganishda juda muhim (qarang Aynigan elektron gaz).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil