Aymoqlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aymoqlar – Afg‘oniston va O‘zbekistonda yashovchi bir qancha tur-kiy qabila, urug‘larning umumiy nomi. 15–16-asrlarda Farg‘ona vodiysida, hozirgi Qashqadaryo viloyatida yashagan. Asrlar o‘tishi bilan O‘zbekiston hududidagi A. o‘zbeklar tarkibiga kirib, o‘z qabila, urug‘ nomlarini yo‘qotgan, faqat bularning bir qismi Qashqadaryo viloyatida o‘z qabila nomlarini (aymoq) saqlab kelgan. Afg‘onistonda yashagan A. tarkibiga fors-tojik tillarida gapiruvchi bir qancha qabila, urug‘lar kiradi. Hozirgi vaqtda A.– Afg‘onistonning shimoli-g‘arbida yashovchi ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi (firuzko‘hi, tayman, jamshid, taymurlar) turkiy va tojik tillarida gapiruvchi xalqlarning nomidir.A. Afg‘oniston, O‘zbekistondan tashqari Eronda ham yashaydilar (ular tayman guruhiga mansub bo‘lib, umumiy soni 0,6 mln. kishi). A. islom dinida bo‘lib, bir qismi sunniy, bir qismi shia mazhabida (yana qarang Choraymoqlar).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil