Aylant
Jump to navigation
Jump to search
Aylant, sassiq daraxt (Ailanthus) – aylantdoshlar (simarubdoshlar) oi-lasiga mansub daraxtlar turkumi, 10 tacha turi ma’lum. Shar-qiy Osiyo va Hindistonda ko‘proq tarqalgan. Ukraina, Qrim, Shimoliy Kavkaz, Belorussiya va O‘rta Osiyoda novcha A. yoki Xitoy zaranggi (A. altissima) degan bir turi xushmanzara o‘simlik sifatida o‘stiriladi. Shu tur O‘zbekistonda (umuman O‘rta Osiyoda) ham o‘stiriladi. A.ning barglari yirik, pat-simon murakkab, badbo‘y. Gullari mayda, ikki jinsli (ba’zi turlarida bir jin-sli), shingil to‘pgullarga yig‘ilgan A. tez o‘sadi. Deyarli barcha turlari mebel tayyorlashda, qurilish materiali sifatida, buyumlar yasashda hamda qog‘oz tayyor-lashda ishlatiladi. Xitoyda A. bargi bilan aylant ipak qurti boqiladi.
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |