Aylanma harakat
Qiyofa
Aylanma harakat – bu harakatda jismning barcha nuqtalarining harakat trayektoriyalari aylanalardan iborat bo'lib, ularning markazi esa aylanish o'qi deb ataladigan to'gri chiziqda yotadi.Jismlar harakatini tekshirishda, ularning vaziyatini boshqa, shartli ravishda qo'zg'almas deb qabul qilingan jismga nisbatan aniqlash kerak.Jismlarning fazodagi vaziyatini aniqlashga imkon beradigan, qo'zg'almas jism bilan bog'langan koordinatalar tizimini fazoviy sanoq tizimi deb ataladi.Tanlab olingan fazoviy sanoq tizimidagi xar bir nuqtaning o'rnini uchta x, y, z koordinatalar orqali ifodalash mumkin. Koordinata boshidan A nuqtagacha yo'naltirilgan kesma radius-vektor deb ataladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |