Ayiqlar haykaltaroshlik kompozitsiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"Ayiqlar" haykaltaroshlik kompozitsiyasi („Rossiya shu yerdan boshlanadi“ yodgorligi sifatida tanilgan) ― Kamchatka oʻlkasi Yelizovo shahrida oʻrnatilgan yodgorlikdir.

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yodgorlik koʻrinishi
Kamchatkada qish. Ayiqlar yarim orol mehmonlarini kutib olmoqda

Haykaltaroshlik kompozitsiyasi 2011-yil 7-oktabrda Yelizovo shahrida uchta Kamchatka vulqonlari — Avachinskiy (balandligi 2741 m.), Koryakskiy (balandligi — 3456 m.) va Kozelskiy (balandligi 2189 m.) panoramasi fonida oʻrnatilgan. Ushbu yodgorlikning oʻrnatish muallifi va tashabbuskori Kamchatka fuqarosi, Yelizovskiy munitsipal okrugi rahbari Andrey Andreyevich Shergaldin.[1]

Haykaltaroshlik kompozitsiyasi Yelizovo xalqaro aeroporti yaqinida Petropavlovsk-Kamchatskiy yoʻlida joylashgan.

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ona ayiq bilan bolasidan iborat haykallar tabiiy ranglariga muvofiq tabiiy hajmda yasalgan. Ona ayiq ogʻzida katta baliqni ushlab turibdi. Poydevorda old tomonda „Rossiya shu yerdan boshlanadi“ va „Kamchatka“ yozuvlari, orqa tomonida esa „Yelizovo“ yozuvi bor.[2]

Hozirgi holat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu mintaqaning eng mashhur diqqatga sazovor joylaridan biri va Kamchatkaning oʻziga xos tashrif qogʻozidir. Mahalliy aholi anʼanaviy tarzda yodgorlik yonida toʻy fotosessiyasi va boshqa muhim tadbirlarni oʻtkazadi.[3][4]

2015-yilda uning yoniga shaharlar koʻrsatgichlari oʻrnatilgan.[5]

Ushbu kompozitsiya tasviri 2016-yilda 200 va 2000 rubllik kupyuralardan joy olish uchun Rossiyaning diqqatga sazovor joylari orasida Butunrossiya ovoz berishida ishtirok etdi.[6][7]

Yodgorlik vandallar tomonidan bir necha bor shikastlangan — ayiq tishlarida ushlab turgan baliq sindirildi; „Qrim“ yozuvli belgi sindirildi; ayiqning quloqlarini sindirildi. Shu munosabat bilan kompozitsiya kechayu kunduz video kuzatuv ostiga olingan.[8][9][10]

2018-yil may oyida yodgorlik rekonstruksiya qilindi.[11]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Камчатская скульптурная композиция «Медведи»“. Администрация Елизовского городского поселения (2020-yil 22-aprel).
  2. „Народный путеводитель. Памятник «Здесь начинается Россия» на Камчатке“. Общественное телевидение России (2015-yil 16-iyun).
  3. „Новый бренд нашей Камчатки“. Камчатское время (2012-yil 20-yanvar). 2020-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-iyun.
  4. „О малой Родине“. Полуостров Камчатка (2018-yil 20-avgust).
  5. „В Елизове появился указатель городов у памятника «Здесь начинается Россия»“. Аргументы и факты (2015-yil 7-oktyabr).
  6. „Чисто символически“. Lenta.ru (2016-yil 21-iyul).
  7. „Памятник «Здесь начинается Россия» на Камчатке может появиться на новых купюрах ЦБ“. ТАСС (2016-yil 22-iyul).
  8. „На Камчатке вандалы повредили памятник «Здесь начинается Россия»“. Российская газета (2018-yil 22-yanvar).
  9. „Вандалы повредили памятник «Здесь начинается Россия»“. НТВ (2018-yil 22-yanvar).
  10. „На Камчатке вандалы обломали уши медведице на монументе «Здесь начинается Россия»“. Кам 24 (2018-yil 22-yanvar).
  11. „Елизовских медведей закрыли на реконструкцию“. Вести ПК (2018-yil 24-may).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]