Aygun shartnomasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aygun shartnomasi – Ros-siya bilan Xitoy o‘rtasida Aygun shahrida tuzilgan shartnoma (1858). Amur daryosi bo‘ylab chegara chizig‘i o‘rnatishni belgi-lagan. Aygun shartnomasiga binoan, Amur daryosining so‘l qirg‘og‘idagi yerlar (Argun daryosidan to Amurning dengizga quyilishigacha bo‘lgan yerlar) Rossiyaga qo‘shildi. Amo‘rning Ussuri daryosigacha cho‘zilib ketgan o‘ng sohilidagi yerlar esa Xitoyga o‘tdi. Natijada Rossiya va Xitoy kemalari Amur, Ussuri va So‘ngari daryolarida suzib yurish uchun teng huquqqa ega bo‘ldi. Ikki mamlakat shu daryolar orqali savdo-sotiq qiladigan bo‘ldi. Aygun shartnomasiga binoan Ussuri o‘lkasi bo‘ylab belgilangan chega-rani Tyanszin (1858) va Pekin (1860) shartnomalari qayta tasdiqladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil