Aye-aye

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aye-aye, Madagaskar qo‘loyog‘i (Daubentonia madagascariensis) – qo‘loyoqlilar oilasining yagona turi, lemurlar, ya’ni chala maymunlar kenja turkumiga mansub. Ko‘rinishi maymunlarga o‘xshamaydi, 1860 yilda lemurlarga yaqinligi aniqlangan. Tanasining uz. 40 sm, baroqdumi 60 sm. Juni qattiq, qoramtir kulrang yoki qora. Boshi va quloqlari katta, oyoqlari bir xil uzunlikda. Bosh barmog‘i boshqa barmoqlariga qarshi qo‘yilmagan. Faqat keyingi oyoqlaridagi bosh barmoqlar tirnog‘i yassi. Madagaskarning shimoli-sharqidagi bambuk o‘rmonlari chakalakzorlarida yakka yoki juft bo‘lib yashaydi. A.-asr– tungi hayvon, kunduzi baland daraxtlarning uchidagi shoxlar orasida quruq novda va barglardan yasagan uyasida ux-laydi. Hasharotlar, qushlarning tuxumi, bambukning yosh novdalari, shakar qamish va mango mevasi bilan oziqlanadi. Tabiiy yashash muhiti buzilishi tufayli A.-asrning yo‘qolib ketish xavfi tug‘ilgan. Hozir A.-asr uchun Kusi-Mangabe orolida qo‘riqxona tashkil etilgan. A.-asr Tabiatni muhofaza qilish xalqaro tashkilotning Qizil kitobiga kiritilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil