Ayblov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ayblov (huquqda) – muayyan jinoiy qilmishni sodir etganlikda ayblanib, jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan shaxsning aybdorligini is-botlash maqsadida qilingan harakat. A. shaxsni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisidagi tergovchi yoki prokurorning qarorida bayon qilinadi (Oʻzbekiston Respublikasi JPK, 361-modda).A.ni oʻzgartirish, tugatish, toʻldirish va tugatilgan A. ni kayta tiklash tartiblari ushbu Kodeksning 362- va 363-moddalarida nazarda tutilgan. A. uch xil boʻlib A.ni 1) sudda koʻrilayotgan jinoyat ishida qatnashayotgan prokuror davlat nomidan (qarang Prokuror. Ushbu Kodeksning 409-moddasi), 2) jamoat birlashmalari va jamoalar sud muhokamasida jamoat ayblovchisi tariqasida ishtirok etish uchun yuborgan va-kil – jamoat nomidan (qarang Jamoat ayblovchisi. Ushbu Kodeksning 42-moddasi) va 3) jabrlanuvchi shaxsan oʻzi yoki vakili orqali (qarang Jabrlanuvchi, Jabrlanuvchining vakili. Ushbu Kodeks 55-modda 1-qismi) quvvatlashi mumkin. Prokuror davlat ayblovchisi tariqasida sud majlisida aniqlangan holatlarga qarab A.ni quvvatlash, oʻzgartirish yoki A.dan voz kechish huquqiga ega. Prokuror (davlat ayblovchisi) A.ni quvvatlash, oʻzgartirish va undan voz kechish xususida oʻz fikrini sudga yozma tariqasida topshirishi lozim. Jamoat ayblovchisi A.ning isbotlangani haqida sudda fikr berishga va A. dan voz kechishga haqli. Jamoat birlashmasi, jamoa oʻzi yoʻllagan jamoat ayblovchisini xohlagan vaqtda chaqirib olishga yoki uni boshqa vakil bilan almashtirishga haqli. Agar jamoat ayblovchisi chaqirib olingan boʻlsa, vakil yuborgan jamoat birlashmasi yoki jamoa jamoat A.idan voz kechgan hisoblanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil