Aybini boʻyniga olish toʻgʻrisidagi arz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search


Aybini bo‘yniga olish to‘g‘risidagi arz – ariza be-ruvchining o‘zi sodir etgan jinoyati to‘g‘risida u shu jinoyatni sodir etishda gumon qilinmasdan va unga ayblov e’lon qilinmasdan oldin bergan xabari (Oʻzbekiston Respublikasi JPK, 113-modda). Aybini boʻyniga olish toʻgʻrisidagi arz o.t.a. og‘zaki yoki yozma bo‘lishi mumkin. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud og‘zaki xabar-nomani bayonnomada aks ettiradi, unga arz qiluvchining shaxsiga doir ma’lumotlar kiritiladi va unda arzning mazmuni bi-rinchi shaxs nomidan bayon qilinadi, ba-yonnomaga arz qiluvchi va surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudya imzo chekadi. Arz surishtiruvchi, tergovchi, proku-ror va sud tomonidan ushbu Kodeksning 112-moddasida ko‘rsatilgan qoidalarga muvofiq baholanadi. Aybini boʻyniga olish toʻgʻrisidagi arz o.t.a. ushbu Ko-deksning 322-moddasi l-qismi (5-bandi) talabiga ko‘ra jinoyat ishini qo‘zg‘atishga asoslardan biridir. Oʻzbekiston Respublikasi JPKning 54-modda 2-qismi, 55-modda l-qismi "a" bandiga asosan bunday arz jazoni yengillashtiruvchi holat, deb topilishi shart.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil