Axmetjon Mamatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Axmetjon Mamatov
Tavalludi 1962-yil
Paxtaorol tumani, Chimkent viloyati, Qozogʻiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Toshkent Moliya instituti
Taʼlimi Toshkent davlat universiteti
Ilmiy darajasi iqtisod fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Axmetjon Atajanovich Mamatov (1962-yil, Paxtaorol tumani, Chimkent viloyati, Qozogʻiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, iqtisod fanlari doktori, professor.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Axmetjon Mamatov 1962-yilda Chimkent viloyatining Paxtaorol tumani Sverdlov qishlogʻida tugʻilgan. 1986-yilda Toshkent davlat universitetini iqtisodchi, siyosiy iqtisod fani oʻqituvchisi ixtisosligi boʻyicha tamomlagan[1]. Oʻzining mehnat faoliyatini 1986-yildan Sirdaryo davlat pedagogika instituti „Siyosiy iqtisod“ kafedrasi laboranti lavozimidan boshlab, 1987—1988-yillarda kafedra oʻqituvchisi, 1988—1991-yillarda Toshkent davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti aspiranti, 1992—1995-yillarda Guliston davlat universiteti „Iqtisodiy nazariya“ kafedrasi katta oʻqituvchisi, 1995—1998-yillarda Toshkent davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti doktoranti, 1999-yildan Guliston davlat universiteti „Menejment“ kafedrasi mudiri, 2000-yildan iqtisodiyot fakulteti dekani lavozimida ishlagan. 2000—2007-yillar va 2010-2017-yillarda Guliston davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti dekani lavozimida ishlagan. 2017-yildan Toshkent Moliya instituti „Iqtisodiyot“ kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda[1].

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oilali. 4 nafar farzandi bor.

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1992-yilda „Valovoy doxod predpriyatiy i osobennosti vzaimootnosheniy predpriyatiy s obshestvom“ mavzusida nomzodlik ishini himoya qildi. 2003-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida „Shakllanayotgan bozor munosabatlari tizimida yalpi ichki mahsulot“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladi[1]. 2017-yilda professor ilmiy unvoni berilgan. 6 ta monografiya, 8 ta oʻquv qoʻllanma, 2 ta darslik, 8 ta risola, 18 ta oʻquv-uslubiy majmua, 250 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383 bet. 

Andoza:OʻTOE

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]