Avval neft konlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Avval neft konlari – Fargʻona viloyatidagi konlar, Fargʻona shahridan 15 km janubida. Avval neft konlari k. gʻarbdan sharqqa choʻzilgan antiklinal bukil-mada boʻlib, 1953–54 yillarda elektro-razvedka usuli bilan ochilgan. 1955-yilda 3boshlangan qidiruv ishlari natijasida iyun oyida 5- gorizontdan bir kecha-kunduzda 40 t.ga yaqin neft olinadigan quduq kavlangan. 1954-yilda asosiy Avval bukilmasining sharqida yangi bukilma – Sharqiy Avval bukilmasi aniqlandi. Bu bukilmalarning tuzilishida paleo-gen (qalinligi 250 m) va neogen (700 m) yotqiziqlari mavjud. Avval neft konlari k.da neft asosan 5- gorizontda boʻlib, 6- va 7- go-rizontlarda juda ham oz uchraydi. 5- go-rizont paleogenning Turkiston yarusi yotqiziqlaridagi darzli ohaktosh hamda qumtosh qatlamlaridan iborat. Neft bukilmaning sharqiy qismida toʻplangan boʻlib, gʻarbda uzilma bilan chegaralanadi. Neft bilan birga gaz ham olinadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil