Avunkulat
Qiyofa
Avunkulat (lot. avunculus – togʻa) – ibtidoiy jamiyatda togʻa va jiyanlar oʻrtasidagi qavm-qarindoshlik munosa-batlari. Patriarxat davrida farzandlarning ona urugʻi bilan qarindoshlik aloqalari saqlangan. A.ga binoan togʻa oʻz jiyanining eng yaqin himoyachisi, ji-yanlar esa oʻz togasining yordamchilari hisoblangan. Jiyan oʻz togasining mulkiga voris boʻlishi yoki oʻz mulkini unga meros krldirishi mumkin boʻlgan. Togʻa oʻz jiyanini uylantirish yoki erga berishda muhim rol oʻynagan. A.ning ayrim koʻrinishlari bizgacha yetib kel-gan. Oʻzbekistonning ba’zi joylarida (qipchoq-oʻzbeklarda) shunday hollar uchraydi. O'rta asrlarda Yevropa davlatlarida Avunkulat nikohlar ham bo'lib turgan
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |