Avtotomiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Avtotomiya, autotomiya (avto... va yun. tome – kesib tashlash) – bir qancha hayvonlarda kupli qoʻzgʻalish ta’sirida, mas, yirtqich hayvon changaliga tushib qolganida oyoqpari, dumi yoki ta-nasining boshqa qismlarning beixtiyor uzib tashlashi. A. koʻpchilik umurtqasiz hayvonlar uchun xos: ayrim gidroid po-liplar va aktiniyalar – paypaslagichlarini, nemertinlar va halqali chuvalchan-142glar – tanasining keyingi qismini, ni-naterililar – nurlarini, mollyuskalar – sifonlarini, qisqichbaqasimonlar – qisqichlari va oyoqlarini uzib tashlaydi. Umurtqalilar orasida A. himoya reak-siyasi boʻlib, nerv sistemasining ref-lektorlik jarayoni hisoblanadi. Mas, kaltakesaklarda A. dumining koʻndalang togʻay plastinka joylashgan qismidagi muskullarning kuchli va tez qisqarishi tufayli uzib tashlanishidan iborat. A.da odatda tananing uzib tashlangan qismi qayta tiklanadi (qarang Regeneratsiya).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil