Avtotipiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Avtotipiya (avto ... va yun. tupos -nusxa, qolip) – 1) rangli tasvirlarning hamma tusini asliday chop etish uchun fotomexanik yo‘l bilan maxsus bosma qolip (klishe) tayyorlash usuli. A.da ori-ginal rastr deb ataluvchi tur (shisha pla-stikalarga tushirilgan qora kataklar) orqali suratga olinadi. Originalning eng ochiq rangli yeridan aks etgan nurlar rastr kataklaridan o‘tib, negativda eng katta nuqtalar, qora (to‘q) yeridan aks etgan nurlar esa eng kichik nuqtalar hosil qiladi. Boshqa yerlardan qaytgan nurlar och-to‘qligiga qarab negativda turli kat-talikdagi nuqtalar shaklida aks etadi. Bunday negativdan tayyorlangan klisheda ham, undan foydalanib bosilgan nusxada ham tasvir son-sanoqsiz nuqtalardan iborat bo‘ladi. Ammo ko‘z nuqtalar ora-sidagi bo‘shliqni ilg‘amaydi, nuqtalar yaxlit bo‘lib tuyuladi. Nuqtalarning zichroq joylari to‘qroq, siyrakroq joylari ochroq bo‘lib ko‘rinadi. A.dan foto-surat, qalam yoki bo‘yoqda chizilgan rasm va hokazoni chop etishda foydalaniladi; 2) rastrli klishedan olingan nusxa.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil