Avtotebranishlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Avtotebranishlar – biror ti-zimda tashqi ta’sir ishtirokisiz yuzaga keladigan soʻnmas tebranishlar. Bunda te-branishlar amplitudasi va davri shu ti-zimning oʻz xususiyatlari bilan aniqlanadi. A. shu xususiyati bilan amplitudasi va dav-ri tashqi ta’sirga bogʻliq boʻlgan majbu-riy tebranishlardan farq qiladi. A. vu-judga keladigan tizimlar avtotebranma tizimlar deyiladi. Koʻpchilik hollarda avtotebranma tizimlar 3 asosiy ele-ment: tebranma tizim, tebranishlarni soʻndirmaslik uchun energiya manbai va manbadan tebranma tizimga energiya uza-tilishini boshqaruvchi qurilmadan tash-kil topadi. Mas, soatlarda bu 3 element – mayatnik, siqilgan spiral prujina va ankerli mexanizmdir. A.ga spiral prujina energiyasi yoki koʻtarilgan yuk energiyasi hisobiga ishlaydigan soatlar mayatnigining tebranishi, lampali gene-ratordagi elektr toki tebranishlari va boshqa misol boʻla oladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil