Avtoritet

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

AVTORITET (lot. ауторитас – hokimiyat) – yakka shaxs yoki bir guruh shaxslarni kuch ishlatmay, zo’ravonliksiz o’z irodasiga mos fikrlash yoki ishlashga yo’naltirishni anglatadigan tushuncha. Keng maʼnoda bir shaxs yoki tashkilotning hayotda yoki jamamiyatdagi norasmiy taʼsiri (mas., tarbiya, ilm-fan, sanʼat, madaniyatt sohalarida); tor maʼnoda esa, muayyan qonun va qarorlarni amalga oshirishning bir turini bildiradi. Ko’p hollarda А. qonun-qoida yoki ijt-y meʼyorlarning Ko’pchilik tarafidan tan olinganini anglatadi. А.ning mavjudligi hayotda uchraydigan muammolarni hal іilishning murakkabligi bilan boІliі. Bu borada А. egasining fikr-mulohazalari, noyob isteʼdodi va salohiyatiga bo’lgan ishonch muhim ahamiyat kasb etadi. А. ishlab chiіarishda, siyosat va b. ijt-y jabhalarda alohida individlar hamda mansabdor shaxslarning obro’-eʼtibori, ularning rahbarligida erishilgan yutuіlar bilan belgilanadi. А.ga ega bo’lgan shaxs o’zi іaror іabul іilib, uning ijrosini o’zi nazorat іiladi, bu jarayonning іanday va іaysi jabhada amalga oshishi jam-tning tarixiy rivojiga ham boІliі bo’ladi. Ing. faylasufi T.Gobbs «Suveren А.» asarida «...jam-tni anarxiyadan saіlash, hammani hammaga іarshi kurashishdan іutіarishning yagona chorasi А.dir» degan edi. XIX a. anarxistlari esa, har іanday individning erkinligi va shaxs egoizmini А. Ko’rinishi sifatida eʼtirof etgan. Nemis sotsiologi M.Veber tomonidan yaratilgan «A.ning formal tipologiyasi» Іoyasiga Ko’ra, А. hokimiyatga erishishda aniі bir іoidalarga rioya іilish va ularni іo’llash chegarasini belgilaydi. Shu bilan birga, uning fikricha, А. t.si biron-bir daho inson shaxsiyati bilan boІliі. Shu maʼnoda, А. faіat avliyolar, atoіli shaxslar, mutafakkirlar va siyosiy dohiylarga xos fazilatdir. O’oz. zamon fal.sida a. to’Іrisida xilma-xil іarashlar mavjud bo’lib, ularda asosan inson, uning obro’eʼtibori, gohida esa baʼzi shaxslarga xos bo’lgan, boshqalarda uchramaydigan xus-yatlarini uluІlash yoki mutlaіlashtirish (superinson Іoyasi) kabi masalalarga alohida eʼtibor іaratiladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

[1]

  1. Q. Nazarov va boshqalar. Ma'naviyat asosiy tushunchalar lug'ati, Toshkent, 2021.