Avtopilot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Avtopilot (avto ... va frans. Pilote – uchuvchi) – uchish apparatlari (samolyot, vertolyot, snaryad va boshqalar)ni avtomatik tarzda (uchuvchi ishtirokisiz) boshqarish mexanizmi. A. sxemasini K. E. Siolkovskiy tuzgan (1898). Parijda 1914 i. o‘tkazilgan Xalqaro ko‘rgazmada A. boshqargan samolyot birinchi marta namoyish qilingan. Dastlab, A. samo-lyot rullarini uchuvchi ishtirokisiz boshqarish uchungina xizmat qildi. Key-inchalik A. takomillashtirilib samo-lyotning belgilangan uchish rejimini birdek tutib turadigan yoki uchish re-jimini yo‘nalish, og‘ish va balandlikka qarab o‘zgartiradigan puxta tizim yara-tildi. A.ning yanada takomillashtiri-lishi natijasida samolyot rullarini va dvigatellarini boshqarishni avtomat-lashtiruvchi tizim barpo qilindi. Bun-day A.lar samolyotni ekipajsiz uchirish va uni radio orqali boshqarishga imkon beradi. A. raketalar va samolyot-snaryadlarga, Yerning sun’iy yo‘ldoshlari va boshqalarga ham o‘rnatiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil