Avtonom okrug

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Avtonom okrug — davlat avtonomiyasining (viloyat, maʼmuriy, milliy, hududiy avtonomiyaning) bir turi.

Bunday avtonom birliklar masalan, Rossiyada dastlab milliy okruglar deb atalgan, 1977 yilgacha olimlar oʻrtasida milliy okruglar avtonomiyaning shakli hisoblanadimi yoki ular maʼmuriy-hududiy birliklarning turlaridan birimi degan mavzuda bahslar boʻlgan. Avtonon okruglar RF Shimolida va Shimoli-sharqida tuzilgan. Hududining kattaligi va aholisining umumiy sonida tub aholi salmogʻining nisbatan ozligi ularga xos xususiyatdir. Avtonom okkrug oʻz qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarini qabul qilish huquqiga ega. U oʻzining qonun chiqaruvchi (vakillik) va ijro etuvchi organlarini mustaqil ravishda tuzadi, Avtonom okrug hududida mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish tizimini belgilaydi. Boshqa sub’ektlarda boʻlgani singari Avtonom okrugning oʻz mulki bor (bu davlat mulkining bir qismidir), u oʻz byudjetini mustaqil ravishda qabul qiladi, federal qonunga muvofiq soliqlar va yigʻimlarning muayyan turlarini belgilab qoʻyishi mumkin.